22/04/2025

Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 120,4 trln soʻmni tashkil etgan.
 

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,9 trln soʻmga yoki 7,9 % ga oshgan.

 2025-yil yanvar-mart oylarida jami 8,7 mlrd dollar xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan boʻlsa, ulardan yangi asosiy fondlarni yaratishga qaratilgan asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar 6,6 mlrd dollar yoki 85,4 trln soʻmni tashkil etgan.

 

Matbuot xizmati