22/04/2025

2025- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 2 386,9 mlrd soʻmga yetdi.

2024- yilning mos davriga nisbatan  savdo hajmi 9,3 % ga oshdi.

Bunda savdo aylanmasining 92,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Maʼlumot oʻrnida: 2025- yil 1- aprel holatiga sohada faoliyat koʻrsatayotgan tijorat korxonalari soni 1 354 tani tashkil etib, shundan, yirik korxonalar soni 4 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 350 tani tashkil qildi.

 

Axborot xizmati