21/04/2025

2025- yilning 1-aprel holatiga Bogʻot tumanida 1 455 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan.

Bu jami korxonalarning 85,9 % ulushini tashkil etadi.

Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra, tumanda eng koʻp kichik korxona va mikrofirma savdoda faoliyat yuritgan va 648 tani tashkil etgan.

Shuningdek ularning soni qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida (275 ta), sanoat (183 ta), yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida (81 ta) salmoqli boʻlgan.

 

Axborot xizmati