2025- yilning yanvar-mart oylarida viloyat boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 7,1 trln soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10,7 % ga oʻsdi.
Aholi jon boshiga oʻrtacha xizmatlar hajmi 3 483,1 ming soʻmga toʻgʻri keldi (oʻsish 8,7 %).
Maʼlumot oʻrnida: joriy yilning 1-aprel holatiga xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 17 131 tani tashkil etib, shundan 13 854 tasi kichik biznes subyektlaridir.
Axborot xizmati