18/04/2025

 Xonqa tumanida 2025-yilning 1-aprel holatiga 624  ta oilaviy korxona roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 389 tasi (64,8 %) faoliyat koʻrsatgan.

Yoʻnalishlar boʻyicha qilingan statistik tahlillar savdo (144 ta), sanoat (110 ta), yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar (47 ta), qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (44 ta) sohalarida oilaviy korxonalar soni salmoqli ekanligini koʻrsatdi.

Joriy yilning oʻtgan 3 oyida tumanda yangidan 6 ta oilaviy korxona tashkil etilgan.

 

Axborot xizmati