17/04/2025

2025- yil 1- aprel holatiga viloyatimizda  sogʻliqni saqlash va  ijtimoiy xizmatlar sohasida  734 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan boʻlib, ularning soni oʻtgan yilning  tegishli davriga nisbatan 131 taga (21,7 %) koʻpaygan.

Hududlar boʻyicha eng koʻp soha korxonasi Urganch shahri (212 ta), Urganch (64 ta) va Xonqa (59 ta) tumanlarida faoliyat koʻrsatgan.

Sogʻliqni saqlash va  ijtimoiy xizmatlar sohasidagi jami korxonalarning 530 tasi yoki 72,2 % ini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati