2025- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizning Eron bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 3,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu tashqi savdo umumiy hajmining 2,2 % ulushiga tengdir.
TSA ning tarkibida eksport hajmi 3,2 mln dollarni yoki 97,0 % ni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun: koʻrilayotgan davrda Eronga viloyatimizda yetishtirilgan qiymati 1,7 mln dollarlik meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilingan.
Axborot xizmati