16/04/2025

2025- yilning 16- aprel kuni Xiva shahridagi 18- sonli umumtaʻlim maktabida seminar boʻlib oʻtdi.
Taʻlim muassasasining yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida aholini roʻyxatga olish tadbirining targʻibotiga yoʻnaltirilgan ushbu seminarda viloyat statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi J.Bekchanov ishtirok etdi.

Tadbir davomida oʻquvchilarga aholini roʻyxatga olishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida koʻplab maʻlumotlar berib oʻtdi.
Tadbir yakunida oʻquvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.



Axborot xizmati