11/04/2025

Joriy yilning 11- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.


Seminarda boshqarma xodimlariga “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisi”gi Oʻzbekiston Respublikasi OʻRQ-1053- sonli Qonuni (2025-yil 9-aprel) va “Respublikada limonchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining 198-sonli Qarori boʻyicha maʻlumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov  ushbu qonun hujjatlarining qabul qilinishi bilan amalga oshirilayotgan yangiliklar xususida axborot berib oʻtdi.



Axborot xizmati