2025- yilning 10- aprel kuni Urganch tumanidagi 24- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida aholini roʻyxatga olishga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi J.Bekchanov, tuman statistika boʻlimi boshligʻi R.Gulliyevlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida oʻquvchilarga aholini roʻyxatga olish aholi soni, tarkibi toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va shu asosda yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash, mehnat resurslarini toʻgʻri taqsimlanishi va juda koʻplagan boshqa muhim dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga zamin yaratishi, bu esa oʻz navbatida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim manba boʻlib xizmat qilishi haqida axborot berib oʻtildi.
Axborot xizmati