28/03/2025

Joriy yilning 28-mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda boshqarma xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyati, asosiy tushunchalar, qo‘llanilish sohalari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov mart oyida mamlakatimizda qabul qilingan  normativ-huquqiy hujjatlarning muhim jihatlari xususida axborot berib o‘tdi.



Axborot xizmati