Xorazm viloyatida 2024/2025- o‘quv yili boshiga 593 ta umumta’lim muassasasi faoliyat yuritgan.
Shundan 578 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 11 tasi boshlang‘ich maktablar va 4 tasi boshqa muassasalardir.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumta’lim muassasalari soni 2,0 % ga yoki 12 taga oshdi.
Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 375,5 ming nafarni, faoliyat yuritayotgan pedagog-o‘qituvchilar soni 34,4 ming nafarni tashkil qilgan.
Axborot xizmati