28/03/2025

2025- yilning yanvar-fevral oylarida Yangiariq tumanida faoliyat yuritgan sanoat korxonalari tomonidan  139,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Tuman sanoatida yuqori salmoqqa to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ega bo‘lgan va 69,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek yuqori hajm elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash (59,2 mlrd so‘m), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (6,0 mlrd so‘m), boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish (0,9 mlrd so‘m) sohalarida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati