28/03/2025

2025- yilning  yanvar-fevral oylarida Xonqa tumanida  65,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 159,3 % ni tashkil etgan.

Bu viloyat bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichidir.

Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra tumanda amalga oshirilgan qurilish ishlarining tarkibida:

 

bino va inshootlar qurilishi – 36,7 mlrd so‘m

fuqarolik obyektlari qurilishi – 27,3 mlrd so‘m

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 1,1 mlrd so‘m.

Bajarilgan qurilish ishlarining 39,8 %i yoki 25,9 mlrd so‘mi yirik tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati