2025- yilning yanvar-fevral oylarida Xiva tumanida 52,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,6 % ni tashkil etgan.
Viloyat umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 6,0 % ga to‘g‘ri kelgan.
Tumanda eng ko‘p qurilish ishlari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib 69,8 % ni tashkil etgan.
Jami hajmning qolgan qismini norasmiy sektor (29,2 %) va yirik korxonalar (1,0 %) tashkil qilgan.
Axborot xizmati