2025- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida o‘tkazilgan parranda va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 214,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, savdo hajmi 15,8 % ga o‘sdi.
Savdo aylanmasi tarkibida:
har xil yoshdagi qoramollar savdosi - 196,5 mlrd so‘mni,
qo‘y va echkilar – 17,0 mlrd so‘mni,
parrandalar – 1,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Axborot xizmati