2025- yilning 25- mart kuni Urganch Ranch texnologiya universitetida davra suhbati tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu tadbirda Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar.
Ochiq muloqot davomida talabalarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi, mavzuga doir didaktik bukletlar tarqatildi.
Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.
Axborot xizmati