Joriy yilning 24- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy mazmun va mohiyati xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.
Shu bilan bir qatorda yig‘ilishda energiyadan oqilona foydalanish hamda bu borada energiya tejamkor qurilmalarini o‘rnatish va ularning afzalliklari, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni jalb qilish hamda boshqa ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha mavjud qonunchilik hujjatlari va ularda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.
Axborot xizmati