25/03/2025

2025- yilning  yanvar-fevral oylarida viloyatimizdan Pokistonga qiymati 28,0 mln AQSH dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 43,9 % ga yoki 9,6 mln dollarga ko‘paygan.

Ushbu davlatning viloyat eksporti umumiy hajmidagi ulushi  39,2 % ni tashkil qilgan.

Ko‘rilayotgan davrda viloyatdan eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining  51,3 %i Pokiston  hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati