2025- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning barcha hududlaridagi dehqon bozorlarida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 185,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga to‘g‘ri kelgan va 93,7 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.
Shuningdek, yuqori hajm nooziq-ovqat tovarlari (20,3 mlrd so‘m), non va non mahsulotlari (14,5 mlrd so‘m) hamda don mahsulotlari (10,6 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati