20/03/2025

2025-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 364,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga  nisbatan  3,6 % ga oshgan.

Qurilish ishlari umumiy hajmida ushbu sektornining ulushi 41,5 % ga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Urganch shahri (76,1 mlrd so‘m), Qo‘shko‘pir tumani (45,0 mlrd so‘m) va Xonqa tumanida (33,6 mlrd so‘m) kuzatilgan.

 Axborot xizmati