Bozor kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-fevral oylarida viloyat bo‘yicha uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 399,7 mlrd so‘mni, 2024- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 116,8 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan:
dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi - 185,0 mlrd so‘m (118,0 %)
chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi - 214,7 mlrd so‘m (115,8 %).
Axborot xizmati