19/03/2025

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 13,1 % ga oshgan va 1 924,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Savdo hajmining eng yuqori o‘sish sur’ati quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Urganch shahrida – 137,7 %

Shovot tumanida – 113,5 %

Qo‘shko‘pir tumanida – 111,2 %

Xiva shahrida – 107,8 %

Xonqa tumanida – 107,8 %

Urganch tumanida – 107,3 %.

  Axborot xizmati