17/03/2025

 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1- yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,9 kvadrat metrni tashkil etgan.

 Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 0,4 kvadrat metrga oshgan.



 Hududlar kesimida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi:
 
Navoiy viloyati – 27,4 kv m

Xorazm viloyati – 24,1 kv m

Toshkent shahri – 22,9 kv m

Toshkent viloyati – 22 kv m

Farg‘ona viloyati – 20,1 kv m

Samarqand viloyati – 20 kv m

Sirdaryo viloyati – 19,8 kv m.

Qoraqalpog‘iston R. – 17,6 kv m

Jizzax viloyati – 17,4 kv m

Buxoro viloyati – 17,2 kv m

Namangan viloyati – 16,6 kv m

Qashqadaryo viloyati – 16,4 kv m

Andijon viloyati – 15,8 kv m

Surxondaryo viloyati – 13,4 kv m

 

 

Matbuot xizmati