Select any text and click on the icon to listen!

14/03/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025- o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 455 ta nodavlat umumta’lim tashkilotlarida jami 112 093 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich 2018/2019- o‘quv yili boshiga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 324 nafarga ko‘paygan.

 Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni:
   
— 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar
    
— 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar

— 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 26 970 nafar      

— 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar     

— 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 45 927 nafar

— 2023/2024-o‘quv yili boshiga – 64 010 nafar

— 2024/2025-o‘quv yili boshiga – 112 093 nafar.

Matbuot xizmati

Select and listen