Joriy yilning 14- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda ishtirokchilarga “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-22- sonli Prezident Farmoni xususida ma’lumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu Farmonga asosan tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklarida yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlar yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati va amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha tushuncha berib o‘tdi.
Axborot xizmati