13/03/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hajmi 460,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkich kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 3,1 % ulushiga teng bo‘lgan.

Hududlar kesimida Urganch shahri (252,9 mlrd so‘m) hamda Xiva tumanida (138,4 mlrd so‘m) asosiy kapitalga  kiritilgan hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hajmi salmoqli bo‘lgan.

 

Axborot xizmati