2025- yilning yanvar oyida Yangibozor tumanida hajmi 54,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilib, 2024- yilning yanvar oyi bilan taqqoslaganda xizmatlar hajmi 15,0 % ga oshgan.
Viloyat bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida tumanning ulushi 2,6 % darajada qayd etilgan.
Faoliyat turiga ko‘ra, eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 19,3 mlrd so‘mni yoki 35,2 % ni tashkil qilgan.
Tumanda aholi jon boshiga xizmatlar hajmi o‘rtacha 588,9 ming so‘mni tashkil etgan.
Axborot xizmati