11/03/2025

2025- yilning yanvar oyida  Hazorasp tumanida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 13,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Bu viloyat bo‘yicha Urganch shahridan (227,2 mlrd so‘m) keyingi 2- ko‘rsatkichdir.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan hududda avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo hajmi 5,5 % ga o‘sgan.

Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 4,7 % ni tashkil etgan.

 

Axborot xizmati