11/03/2025

2024- yilning  yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanida asosiy kapitalga  523,3 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich markazlashmagan investitsiyalarning 66,0 %ini tashkil qilgan.

Ko‘rilayotgan davrda tumanda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga 793,1 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan investitsiyalar hajmi 2,2 marta oshgan.

 

Axborot xizmati