21/02/2025

2025- yilning 21- fevral kuni Bog‘ot tumanidagi 4- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i R.Bekiyev ishtirok etib, o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olish aholi soni, tarkibi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini to‘g‘ri taqsimlanishi va juda ko‘plagan boshqa muhim ma’lumotlar bazasini shakllantirishga qaratilganligini, bu esa o‘z navbatida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berib o‘tdi.

Axborot xizmati