21/02/2025

Uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish, targ‘ib etish va milliyligimizni unutmaslik maqsadida respublikamizning barcha idora va tashkilotlarida haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilandi.

Shu  munosabat bilan Xorazm viloyati statistika boshqarmasining xodimlari o‘z ish joylariga milliy liboslarda kelishdi.

Milliy liboslar har bir xalqning tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi.

Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy matolarimiz ayollarimizga yanada chiroy va go‘zallik baxsh etsa, milliy do‘ppimiz  yoshlarda qadriyatlarimizga ehtirom, faxr va g‘urur tuyg‘usini shakllantirishi bilan ham ahamiyatlidir.

 Axborot xizmati