2025- yilning yanvar oyida viloyatimizda avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 277,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Shundan:
yirik korxonalar savdo hajmi - 221,8 mlrd so‘m (o‘sish sur’ati 67,7 %)
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 55,9 mlrd so‘m (o‘sish sur’ati – 103,3 %).
Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda, eng yuqori hajm Urganch shahri (227,2 mlrd so‘m), Hazorasp (13,0 mlrd so‘m) va Xonqa (6,7 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Axborot xizmati