2025- yilning yanvar oyida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 91,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga to‘g‘ri keldi va 44,9 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmning 48,9 %ini tashkil etdi.
Shuningdek, uyushmagan savdoda quyidagi mahsulotlar yuqori ulushga ega bo‘lgan:
nooziq-ovqat tovarlari – 11,0 %
non va non mahsulotlari – 7,9 %
don mahsulotlari – 6,6 %
sut va sut mahsulotlari – 5,4 %
quritilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari – 4,6 %
tovuq go‘shti – 3,6 %
tuxum – 3,1 %.
Axborot xizmati