Bugun, 20- fevral kuni Hazorasp tumanida 12-narx (iste’mol) oylik oziq-ovqat mahsulotlarining narx kuzatuvi o‘tkazildi.
Tuman dehqon bozorida tashkil etilgan kuzatuvda viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari X.Egamov ishtirok etdi.
Kuzatuv jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari planshetlarga kiritib borildi. Shuningdek, tuman statistika bo‘limining narx kuzatuvlari uchun mas’ul xodimiga narxlarni tahlil qilish va planshetga to‘g‘ri qayd etish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati