19/02/2025

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1- fevral holatiga tashish va saqlash sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 25 890 tani tashkil etdi.

 Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,4 % ga o‘sgan.

 So‘nggi besh yilda ro‘yxatdan o‘tgan tashish va saqlash xizmatlari sohasidagi korxona va tashkilotlar soni:

2021- yilda – 18 420 ta

2022- yilda – 19 349 ta

2023- yilda – 21 989 ta

2024- yilda – 24 793 ta

2025- yilda – 25 890 ta.

 Matbuot xizmati