Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025- yil 1- yanvar holatiga bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 86,6 kishi to‘g‘ri kelmoqda.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ko‘paygan.
Hududlar kesimida bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan aholi soni:
Qoraqalpog‘iston R. – 12,2 kishi
Andijon viloyati – 804,9 kishi
Buxoro viloyati – 51,6 kishi
Jizzax viloyati – 72,5 kishi
Qashqadaryo viloyati – 127,4 kishi
Navoiy viloyati – 9,9 kishi
Namangan viloyati – 420,9 kishi
Samarqand viloyati – 256,3 kishi
Surxondaryo viloyati – 146,5 kishi
Sirdaryo viloyati – 217,5 kishi
Toshkent viloyati – 205,3 kishi
Farg‘ona viloyati – 613,1 kishi
Xorazm viloyati – 335,9 kishi
Toshkent shahri – 6 948,1 kishi.
Matbuot xizmati