14/02/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1,5 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bu ko‘rsatkich hudud sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmining 34,9 % ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rilayotgan davrda viloyat bo‘yicha kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,1 trln so‘mni tashkil etdi.

 Axborot xizmati