14/02/2025

Joriy yilning 14- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda boshqarma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024- yil 27- dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga  o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 891-sonli qarorining asosiy mohiyati bilan tanishdilar.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yuqoridagi qarorning qabul qilinishi bilan qaysi normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilayotgani va shu bilan bog‘liq yangiliklar xususida ma’lumot berib o‘tdi.

Axborot xizmati