11/02/2025

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlar hajmi 19 415,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

 Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlar hajmi 2023- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 29,4 % ga o‘sgan.


 Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlar hajmi tegishli davrda:

— 2022- yilning yanvar-dekabrida – 6 353,1 mlrd so‘m;

— 2023- yilning yanvar-dekabrida – 13 129, 5 mlrd so‘m;

— 2024- yilning yanvar-dekabrida – 19 415,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

  Matbuot xizmati