11/02/2025

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, viloyatda mavjud qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 504,5 mingtaga yetdi.

2024– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda ularning soni  1,5 % ga ko‘paydi.

2025– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy sonning 75,3 %i yoki 379,7 ming boshi dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar orasida eng ko‘p boqilayotgan qo‘y va echki soni  Qo‘shko‘pir tumanida qayd etilgan va 91,5 ming boshni tashkil qilgan.

 Axborot xizmati