2025– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, viloyatimizda boqilayotgan yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 975,6 mingtaga yetdi.
2024– yilning mos davri bilan solishtirilganda, yirik shoxli qoramollar bosh soni 0,8 % ga ko‘paygan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, yirik shoxli qoramollarning 8,5 %i fermer xo‘jaliklari, 89,9 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 1,6 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelganini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati