07/02/2025

2024– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 481,9 mln dona tuxum ishlab chiqarildi.

2023– yilning yanvar– dekabriga nisbatan tuxum ishlab chiqarish hajmi 2,6 % ga ko‘paygan.

Tuxum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, umumiy hajmdan 70,8 %i (341,0 mln dona) dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Hududlar kesimida eng yuqori hajm Xonqa (90,8 mln dona), Urganch (77,3 mln dona) va Bog‘ot (55,5 mln dona) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Axborot xizmati