05/02/2025

Shahar va tuman statistika idoralari mutaxassislari tomonidan hududlardagi raqamlanmagan xonadonlar, nomlanmagan ko‘chalar soni mahallalar kesimida o‘rganilib, monitoring qilinib, bu bo‘yicha mahalliy hokimliklar, kadastr idoralari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tegishli ishlar tashkil etilmoqda.


2025- yilning 4-5- fevral kunlari Shovot tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Otajonov  tumandagi “Ijtimoiyat”, “Qang‘li”, “Qo‘shko‘pir” hamda “To‘pmang‘it”mahallalarida mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi va aniqlangan  kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi choralar belgilab olindi.


 
Axborot xizmati