05/02/2025

2025- yilning 4- fevral kuni  Bog‘ot tumani statistika bo‘limi boshlig‘i R.Bekiyev ishtirokida tumandagi 7-sonli umumta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbirining mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda o‘quvchilarga ro‘yxatga olish tadbirning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shu kabi davra suhbati Gurlan tumanidagi 28-umumta’lim maktabida ham o‘tkazildi. Unda tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Q.Urazmatov bo‘lajak tadbir natijasida olinadigan muhim ma’lumotlar mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi yuzasidan o‘quvchilarga tushuntirish berdi.



Axborot xizmati