2024- yilning yanvar- dekabr oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 172,7 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 3,4 % ga o‘sish kuzatilgan.
Poliz mahsulotlari yetishtirishning eng katta hajmi, ya’ni 89,8 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 52,0 %i fermer xo‘jaliklarida qayd etildi.
Tahlillar 2023- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrda fermer xo‘jaliklarida poliz mahsulotlari yetishtirish 5,8 % oshganini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati