04/02/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Xonqa tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 3 073,4 mlrd so‘mni tashkil etib, viloyat umumiy hajmida tuman 10,8 % ulushga ega bo‘lgan.

Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 46,7 %i dehqonchilik, 53,3 %i chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda xo‘jalik toifalarining ulushi:

fermer xo‘jaliklari - 25,6 %

dehqon va tomorqa xo‘jaliklari – 65,0 %

qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 9,4 %.

 

Axborot xizmati