Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha havo transporti orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni 6 mln nafarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilga nisbatan 14,9% ga yoki 781 ming nafar yo‘lovchiga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:
2020- yil – 868,9 ming nafar
2021- yil – 2 982,0 ming nafar
2022- yil – 4 086,1 ming nafar
2023- yil – 5 258,0 ming nafar
2024- yil – 6 039,0 ming nafar.
Matbuot xizmati