29/01/2025

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmat)larning umumiy hajmi 30 197,1 mlrd soʻmni  tashkil etib, 2023- yilning shu davriga nisbatan o‘sish 3,0 % darajada qayd etilgan.

Shundan:

dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi  - 29 121,0 mlrd soʻmni,

oʻrmonchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari - 308,4 mlrd soʻmni,

baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi -  767,7 mlrd soʻmni tashkil qildi.

 Axborot xizmati