28/01/2025

2025- yilning 27- yanvar kuni viloyatimizning shahar va tumanlaridagi bir qator umumta’lim muassasalarida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.


Xususan, Urganch shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Madrahimova, Yangibozor tumanidagi 15- sonli umumta’lim maktabida tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi X.Saparboyevlar ishtirok etgan seminarda yuqori sinf o‘quvchilari va pedagoglarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida o‘quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.

Axborot xizmati